TALABALAR UCHUN IJARA XONADONLARI BO‘YICHA AMALIY YORDAM KO‘RSATILMOQDA
08.09.2026 ПоделитьсяYangi o‘quv yilida talaba-yoshlarni ijara xonadonlari bilan ta’minlash va ularning murojaatlarini o‘z vaqtida hal etishga ko‘maklashish maqsadida Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida tyutorlar va mas’ul xodimlardan iborat ishchi guruh tashkil etildi.
Institut binosida faoliyat yuritayotgan maxsus murojaat punkti talaba-yoshlarning ijara xonadonlari bilan bog‘liq masalalarini ko‘rib chiqish, ularga zarur tavsiyalar berish hamda amaliy yordam ko‘rsatishga xizmat qiladi.
Talabalar ijara turar joylari bo‘yicha o‘z murojaatlari bilan ushbu punktga murojaat qilishlari mumkin.


