Yangiliklar

TALABALARNING YASHASH SHAROITLARI O‘RGANILMOQDA

15.10.2026

👁 9 marta ko‘rilgan

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida talabalarning yashash sharoitlarini yaxshilash hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganish maqsadida ijara xonadonlariga tashriflar tashkil etildi.

Tashriflarda institutning Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Z. Erimbetova, institut inspektori T. Karlibaeva hamda tyutorlar ishtirok etdi.

O‘rganishlar davomida ijara xonadonlarining umumiy holati, isitish tizimlarining kuz-qish mavsumiga tayyorligi, talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar va mavjud muammolar ko‘zdan kechirildi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, zarur choralarni belgilash hamda talabalar uchun xavfsiz va qulay yashash sharoitlarini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com