Targ‘ibot poyezdi Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida
03.12.2025 ПоделитьсяBugun, 3-dekabr, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchi va talaba-yoshlaridan iborat “Targ‘ibot poyezdi” Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutiga tashrif buyurdi.
Uchrashuv «Konstitutsiya — inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!» shiori ostida bo‘lib o‘tdi.
🔹 Tadbir davomida talabalarga Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, undagi asosiy tamoyillar va ularning kundalik hayotdagi ahamiyati yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
🔹 Huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan interfaol o‘yinlar, savol-javoblar va viktorinalar tashkil etildi.
🔹 Tibbiyot sohasi bilan bog‘liq muhim huquqiy tushunchalar, xususan, bemor va tibbiyot xodimining huquq va majburiyatlari, tibbiy sir saqlanishi, sog‘liqni saqlash tizimidagi huquqiy normalar haqida ham atroflicha ma’lumotlar taqdim etildi.
Uchrashuv QTI talabalari uchun nafaqat Konstitutsiyamizni chuqurroq o‘rganish, balki kelajakdagi kasbiy faoliyatida muhim bo‘lgan huquqiy bilimlarni mustahkamlash uchun ham samarali bo‘ldi.
▪️ Telegram 🌐 Instagram ✅ Facebook 📹 YouTube








