Fotogarereya,Yangiliklar

“TARG‘IBOT POYEZDI” — YOSHLAR BILAN HUQUQIY SAVODXONLIK UCHRASHUVI

30.04.2026

👁 6 marta ko‘rilgan

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan hamkorlikda Toshkent davlat yuridik universitetining professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlaridan iborat “Targ‘Ibot poyezdi” Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida bo‘lib, talaba-yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Mazkur tadbirni institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha birinchi prorektori Z.Aleuov ochib berdi va olib bordi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vaziri birinchi o‘rinbosari A.Prenov ishtirok etib, yoshlarga huquqiy savodxonlik, internetdan to‘g‘ri foydalanish va xavfsizlik qoidalari yuzasidan tavsiyalar berdi.

Uchrashuv davomida Toshkent davlat yuridik universiteti vakillari tomonidan kiberxavfsizlik, kiberjinoyatlar turlari, ularning oldini olish choralari hamda internetdagi xavfli holatlar haqida ma’lumotlar berildi.

Ikkinchi bo‘limda interaktiv savol-javob tashkil etilib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com