Toshkent davlat tibbiyot universiteti va Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti o‘rtasida imzolangan…
31.03.2026 ПоделитьсяToshkent davlat tibbiyot universiteti va Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida institutimizda navbatdagi ilmiy hamkorlik uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuvda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor R.A.Ametov va Kar’era va bandlik markazi rahbari, tibbiyot fanlari doktori, professor R.I.Turakulov bilan birgalikda bir qator professor-o‘qituvchilar va ishtirokchilar faol qatnashdilar.
Mazkur tadbir institutlar o‘rtasidagi ilmiy aloqalarni mustahkamlash, tajriba almashish hamda innovatsion loyihalarni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, yuqori saviyada o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida ilmiy izlanishlar natijalari, istiqbolli loyihalar va o‘zaro hamkorlikni kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, kelgusida qo‘shma ilmiy loyihalar va tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.
Ushbu uchrashuv oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi samarali hamkorlikning amaliy ifodasi bo‘lib, ilm-fan rivojiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube



