Yangiliklar

Turistik startaplar uchun 1 milliard so‘mgacha subsidiya

11.09.2026

👁 2 marta ko‘rilgan

Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti talabalari diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 18-avgustdagi 443-son qarori bilan turistik startaplarni qo‘llab-quvvatlash tartibi belgilandi.

Unga ko‘ra:

🔹 startapni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish xarajatlarining 50 foizigacha qismi qoplanadi;

🔹 subsidiya miqdori 1 milliard so‘mdan oshmaydi;

🔹 har yili 10 tagacha eng yaxshi turistik startap qo‘llab-quvvatlanadi;

🔹 arizalar Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz orqali topshiriladi;

🔹 davlat xizmati Turizm qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.

💡 Turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan innovatsion g‘oyangiz yoki startap loyihangiz bo‘lsa, ushbu imkoniyatdan foydalanishingiz mumkin.

Manba: Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 18-avgustdagi 443-son qarori.

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com