Tyutorlar faoliyati sarhisobi: bajarilgan ishlar bo‘yicha taqdimotlar bo‘lib o‘tdi
12.01.2026 ПоделитьсяQoraqalpog‘iston tibbiyot institutida tyutorlar tomonidan 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar yakunlari hamda 2026-yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalar bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi.
✅ O‘tgan hafta yakunida institutda faoliyat olib borayotgan 10 nafar tyutor o‘z yo‘nalishlari kesimida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil taqdimotlar bilan ishtirok etdi.
🔹 Taqdimotlar jarayonida:
• talabalarning o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish,
• ma’naviy-ma’rifiy tarbiya ishlarini samarali tashkil etish,
• ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash,
• talabalar yotoqxonalari va ijara xonadonlari holatidan xabardor bo‘lish,
• darsdan bo‘sh vaqtni mazmunli va samarali tashkil etish,
• yoshlarning qobiliyat va iqtidorlarini ro‘yobga chiqarish,
• talabalarning mavjud muammo va takliflariga amaliy yechimlar topish
kabi yo‘nalishlarda erishilgan natijalar atroflicha tahlil qilindi.
📌 Mazkur taqdimotlar tyutorlik faoliyatini yanada takomillashtirish, talabalarga individual yondashuvni kuchaytirish hamda 2026-yilda belgilangan vazifalarni aniq rejalashtirishga xizmat qildi.
▪️ 🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube



