Umumxalq hashari: Yurtimiz ko‘rki va sog‘lom hayot uchun hamjihatlik
23.08.2025 Поделиться✅ Mustaqilligimizning 34 yilligi oldidan mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostidagi umumxalq xayriya hashari – nafaqat atrof-muhitni obodonlashtirish, balki jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
◾️ Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti jamoasi 23-avgust kuni ertalabdan hashar tadbirida faol qatnashib, institut hududini obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, chiqindilarni yig‘ishtirish ishlarini amalga oshirdi.
🔸 Bundan tashqari, jamoa a’zolari mahallalarga chiqib, boquvchisini yo‘qotgan oilalar holidan xabar oldi, bepul tibbiy ko‘rik o‘tkazdi hamda uy yumushlarida yordam berdi.
👩⚕️ Institut jamoasi qo‘llaridagi o‘t o‘rish mashinasi bilan hududni tozalagan bo‘lsa, stetoskop bilan yurak urishini tinglab, insonlar salomatligiga ham befarq emasligini yana bir bor amalda isbotladi.
🌱 Bu tashabbus – obod muhit va sog‘lom jamiyat bir-biriga chambarchas bog‘liq ekanining yorqin ko‘rinishidir.
✅Telegram 🌐 Instagram 📹 Facebook✅YouTube






