Xalqaro hamkorlik — amaliy tajribada!
04.02.2026 ПоделитьсяAvval xabar qilganimizdek, Koreya Universiteti hamda Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti Gigiena va atrof-muhit, epidemiologiya kafedrasi o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida navbatdagi malaka oshirish kurslari tashkil etilmoqda.
📍 Mazkur o‘quv mashg‘ulotlari Koreya Respublikasi, Sejong shahrida joylashgan Sejong atrof-muhit texnologiyalarini rivojlantirish kompaniyasi (세종환경기술개발) bazasida o‘tkazilmoqda.
Safar doirasida institutning mediko-profilaktika yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun:
▪️ zamonaviy tajribalar
▪️ ilg‘or ekologik va sanitariya texnologiyalari asosida mahorat darslari tashkil etilmoqda.
🎥 Safar davomida talabalar Koreya Respublikasida bo‘lib, maxsus videoreportaj ham tayyorladilar.