XALQARO HAMKORLIK SARI MUHIM QADAM: ÖZARO MEMORANDUM IMZOLANDI
28.10.2026 ПоделитьсяQoraqalpoğiston tibbiyot instituti va Qozoğistonning Semey tibbiyot universiteti örtasida özaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Uşbu kelişuv tibbiyot ta’limi sifatini oşiriş, xalqaro aloqalarni kengaytiriş va malakali tibbiyot mutaxassislarini tayyorlaş yölidagi muhim qadamlardan biridir.
Mazkur memorandum ikki oliy ta’lim muassasasi örtasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlaş, tibbiyot ta’limi va ilm-fan sohalarida tajriba almaşiş, professor-öqituvçilar hamda talabalar uçun yangi imkoniyatlar yaratişga xizmat qiladi.

