Yangiliklar

XALQARO HAMKORLIK — SIFATLI TIBBIY TA’LIM VA TAJRIBA ALMAŞINUVI ASOSI

27.10.2026

👁 11 marta ko‘rilgan

📅 27-oktyabr, 2026-yil

Qoraqalpoğiston tibbiyot institutida xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlaş, ilğor tibbiy tajribalarni öquv jarayoniga tatbiq etiş hamda professor-öqituvçilar va talaba-yoşlarning kasbiy bilimlarini boyitişga qaratilgan tadbirlar izçil davom etmoqda.

Institutda taşkil etilayotgan ilmiy konferensiya va seminarlarda mahalliy mutaxassislar bilan bir qatorda Xitoy, Germaniya, Qozoğiston, Qirğiziston va Belarusdan kelgan mutaxassislar ham iştirok etib, öz bilim va tajribalari bilan örtoqlaşmoqda.

Bugun S. Asfendiyarov nomidagi Qozoq milliy tibbiyot universiteti “Içki kasalliklar” kafedrasi mudiri, Yevropa kardiologlar jamiyatining tromboz, insult va yurak kasalliklari böyiça işçi guruhlari a’zosi, Tromboz va gemostaz böyiça Qozoq jamiyati boşqarmasi rahbari professor, Sugraliyev Axmetjan Begaliyeviç institut professor-öqituvçilari va talaba-yoşlari uçun ilmiy-amaliy seminar ötkazdi.

Seminar quyidagi dolzarb mavzularni qamrab oldi:

🔹 Çuqur venalar trombozi va öpka arteriyalari tromboemboliyasini aniqlaş va davolaş.

🔹 Bölmaçalar fibrillyatsiyasi bilan kasallangan bemorlarni olib borişning zamonaviy tamoyillari.

Tadbir davomida mazkur kasalliklarni tashxislash va davolashning zamonaviy yondashuvlari yuzasidan bilim va tajriba almashildi.

Bunday xalqaro ilmiy uchrashuvlar tibbiyot sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash, ilg‘or tajribalarni o‘rganish hamda zamonaviy tibbiy ta’limni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti Matbuot xizmati

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com