Yangiliklar

XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA BUGUNGI ISH KUNINI YAKUNLADI

23.10.2026

👁 9 marta ko‘rilgan

2026-yil 23-oktabr kuni Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida “Terapevtik kasalliklarni davolash va oldini olishning zamonaviy masalalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning birinchi kuni yakunlandi.

Mazkur anjuman ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va tibbiyot sohasidagi yangi yondashuvlarni muhokama qilish uchun muhim maydon bo‘ldi.

Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti nomidan ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor R. Ametov konferensiyani tashkil etishda ishtirok etgan tashkilotchilar va hamkorlarga, shuningdek, barcha ishtirokchilarga samarali hamkorlik va anjumanga qo‘shgan hissalari uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 24-oktabr kuni ham o‘z ishini davom ettiradi.

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com