Xalqaro imkoniyatlar eshigi — Erasmus+ bilan ochiladi!
25.05.2026 ПоделитьсяQoraqalpog‘iston tibbiyot instituti talabalari va professor-o‘qituvchilari uchun Erasmus+ dasturi xalqaro ta’lim, ilmiy hamkorlik va akademik almashinuv yo‘lida keng imkoniyatlarni taqdim etadi.
Ushbu dastur orqali siz:
🔹 Yevropaning nufuzli universitetlarida ta’lim olishingiz;
🔹 Xalqaro ilmiy loyihalarda ishtirok etishingiz;
🔹 Akademik va madaniy tajriba orttirishingiz;
🔹 Grant asosida o‘qish, safar va ayrim hollarda yashash xarajatlarini qoplash imkoniyatiga ega bo‘lishingiz mumkin.
Bugundan boshlab «Xalqaro imkoniyatlar» rukni orqali sizlarni Erasmus+, KOICA, Fulbright, Türkiye Bursları va boshqa xalqaro grant dasturlari bilan muntazam tanishtirib boramiz.
📚 Kelajagingiz sari dadil qadam tashlang — xalqaro imkoniyatlardan unumli foydalaning!
🌐 Batafsil: https://kkmi.uz
📲 Telegram: @kkmi_uz
