XALQARO MA’LUMOTLAR BAZASIDAN FOYDALANISH BO‘YICHA SEMINAR-TRENING BO‘LIB O‘TDI.
17.04.2026 ПоделитьсяQoraqalpog‘iston tibbiyot institutida Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi bosh mutaxassislari – S.Saloydinov va X.Zaripovlar tomonidan Institut professor-o‘qituvchilari, yosh olimlar, tadqiqotchilar uchun xalqaro ma’lumotlar bazalaridan foydalanish, shuningdek, professor-o‘qituvchilar va olimlarning Xirsh-indeks ko‘rsatkichlarini oshirish bilan bog‘liq masalalarga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Seminar-trening davomida Ilmiy-texnik axborot markazi mutaxassislari tomonidan Scopus, Web of Science, Researchgate, Google Scholar kabi xalqaro ma’lumotlar bazalaridan samarali foydalanish, professor-o‘qituvchilarning ish ko‘nikmalarini, tajribalarini yanada oshirishga oid ko‘plab ma’lumotlar berib o‘tildi.
Seminar trening o‘zaro muloqot va takliflar bilan samarali tarzda o‘tkazildi.
🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube






