Yangiliklar

XALQARO QIZLAR KUNI MUNOSABATI BILAN SPORT MUSOBAQALARI O‘TKAZILDI

10.10.2026

11-oktabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida talaba-qizlar o‘rtasida shaxmat va shashka bo‘yicha sport musobaqalari tashkil etildi.

Tadbir institutning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi N. Jienbaeva hamda tyutor A. Ismamutova tashabbusi bilan o‘tkazildi.

Musobaqalar talaba-qizlarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda ular o‘rtasida do‘stlik va sog‘lom raqobat muhitini mustahkamlashga qaratildi.

© 2026 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com