Yangiliklar

“XAVFSIZ TALABA” — YOSHLAR XAVFSIZLIGI YO‘LIDA MUHIM QADAM

20.10.2026

👁 4 marta ko‘rilgan

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Olmazor tumanidagi “Yoshlik” talabalar shaharchasida tashkil etilgan “Vaziyatlar markazi” faoliyati bilan tanishish jarayonida bergan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i B.Sheranov boshchiligidagi ishchi guruh hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi mas’ullari ishtirokida “Xavfsiz talaba” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Yig‘ilishda belgilab berilgan vazifalar ijrosi jumladan, “Xavfsiz talaba” dasturi imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, dasturning texnik imkoniyatlari tushuntirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Yakunda mas’ullarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va profilaktika ishlarini kuchaytirish yuzasidan tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com