Yangiliklar

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ma’naviy sayohat tashkil etildi

08.05.2026

👁 3 marta ko‘rilgan

➤ Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti 2-tibbiyot fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi N. Jienbaeva tashabbusi bilan «9-may — Xotira va qadrlash kuni» munosabati bilan talaba-yoshlar uchun ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi.

➤ Sayohat davomida talaba-yoshlar poytaxtimizdagi «Motamsaro ona» yodgorligi hamda «Vatanparvarlar bog‘i» da bo‘lib, xalqimiz tinchligi va yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida jonini fido qilgan ajdodlar xotirasiga hurmat bajo keltirdilar.

➤ Tadbir davomida talabalarga Ikkinchi jahon urushi yillarida xalqimizning mardligi, jasorati va fidoyiligi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

➤ Shuningdek, “Ismingiz qalbimizda mangu yashaydi” shiori ostida asarlar va suratlar tanlovi ham tashkil etilib, talabalarning ijodiy faolligi namoyon bo‘ldi.

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com