YANGI TALABA-QIZLAR UCHUN MUHIM TAVSIYALAR
10.09.2026 Поделиться
Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida 1-kursga qabul qilingan talaba-qizlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuvda institutning Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Z. Erimbetova ishtirok etdi.
Muloqot davomida talaba-qizlarga institutning ichki tartib-qoidalari, odob-axloq me’yorlari, ta’lim jarayonida faol ishtirok etish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish, shuningdek, institutdagi klublar va to‘garaklar faoliyati haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, talaba-qizlarning xavfsizligi va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan «Himoya botlari» haqida tushunchalar berilib, ulardan foydalanish bo‘yicha zarur tavsiyalar taqdim etildi.


