Yosh oilalarni mustahkamlashga qaratilgan respublika seminar-treningi o‘tkazildi
21.05.2026 Поделиться20-may kuni Termiz davlat universitetida “Oila mustahkamligi uchun barchamiz mas’ulmiz” shiori ostida “Yosh oilalarda ajrim: sabablar, miflar va real omillar” mavzusida respublika seminar-treningi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur seminar-trening yosh oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash hamda ajrimlarning oldini olish masalalariga bag‘ishlandi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Z. Erimbetova ham ishtirok etdi.
Seminar davomida mutaxassislar tomonidan oilaviy munosabatlarni mustahkamlash, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash hamda jamiyatda sog‘lom oilaviy muhitni qaror toptirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.



