Yangiliklar

YOSHLAR YETAKCHILARI FORUMI: TAJRIBA VA YANGI TASHABBUSLAR

13.10.2026

👁 9 marta ko‘rilgan

O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi hamkorligida Toshkent viloyatidagi Yoshlar oromgohida oliy ta’lim muassasalari yoshlar yetakchilari forumi tashkil etildi.

Ikki kun davom etgan forumda yoshlar yetakchilarining shaxsiy brendini shakllantirish, nutq madaniyati va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirishga qaratilgan trening va seminarlar tashkil etildi. Shuningdek, yoshlar siyosati doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar va ilg‘or tajribalar taqdimoti o‘tkazildi.

Mazkur forumda Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi A. Ismaylov ham faol ishtirok etdi.

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com