YOŞLIK ŞIJOATI VA ILMGA SADOQAT
12.11.2026 ПоделитьсяILM BILAN ERIŞILGAN YUTUQ
Qoraqalpoğiston tibbiyot instituti 5-bosqiç talabasi Bahodirov Jonibek Bahodiroviç ilmiy izlanişlari, xalqaro miqyosdagi yutuqlari va faol taşabbuslari bilan tengdoşlari orasida alohida ajralib turmoqda.
2022-yilda Davolaş işi yönalişiga davlat granti asosida qabul qilingan Jonibek öqiş davomida yuqori natijalarni qayd etib, tibbiyot fanlariga bölgan qiziqişini amaliy yutuqlar bilan namoyon etib kelmoqda.
Uning eng muhim yutuqlaridan biri — 2024-yil 26-noyabr kuni Toşkent şahrida ötkazilgan “Tibbiyot mohirlari” IV xalqaro tibbiy-amaliy könikmalar olimpiadasida Fundamental tibbiyot yönalişi böyiça 1-örinni egallagani böldi. Şuningdek, 2024-yilda Urgançda ötkazilgan xalqaro konferensiya doirasidagi anatomiya musobaqasida “Eng ijodkor iştirokçi” nominatsiyasi diplomiga sazovor böldi.
Jonibekning ilmiy faoliyati ham e’tiborga molik. 2025-yil 21-may kuni “Science and Innovation” xalqaro jurnalida maktab öquvçilarining umumiy salomatligiga muntazam jismoniy faollikning ta’siriga bağişlangan ilmiy maqolasi e’lon qilindi. U turli ilmiy-amaliy konferensiyalarda ham öz maqolalari bilan faol qatnaşib kelmoqda.
2025-yilda institut miqyosida ötkazilgan “Yil talabasi” tanlovida ikkinçi örinni egallagan Jonibek 23-sentabr kuni Qoraqalpoğiston tibbiyot instituti “Yoşlar akademiyasi” rahbari etib tayinlandi. Şu yilning iyun oyida esa “Yilning eng qobiliyatli ilmiy tadqiqotçi talabasi” nominatsiyasi böyiça taqdirlandi.
Jonibek Bahodirovning erişgan natijalari tibbiyot sohasida bilim va izlanişlar orqali yuksak marralarni zabt etiş mumkinligini namoyon etadi. Uning kelgusidagi ilmiy va kasbiy faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz!