DIQQAT, E’LON!

02.03.2026

👁 0 marta ko‘rilgan

👶 0–18 yoshdagi bolalar uchun bepul tibbiy ko‘rik va jarrohlik amaliyotlari!

Respublika Bolalar milliy tibbiyot markazining (Toshkent) malakali mutaxassislari va Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti klinikasi (Orol bo‘yi klinikasi) hamkorligida “Salomatlik aksiyasi” tashkil etilmoqda.

Shu munosabat bilan “Salomatlik aksiyasi” doirasida 0–18 yoshgacha bo‘lgan bemor bolalar uchun quyidagi yo‘nalishlarda bepul ko‘rik va jarrohlik amaliyotlari rejalashtirilgan:

🔹 Kattalar va bolalar kardioxirurgiyasi

🔹 LOR (quloq-burun-tomoq)

🔹 Bolalar onkogematologiyasi

🔹 Bolalar xirurgiyasi va urologiyasi

🔹 Neyroxirurgiya

🔹 Bolalar ortopediyasi

📍 Hudud: To‘rtko‘l tumani tibbiyot birlashmasi

📅 Sana: 6-mart

Ma’lumot uchun: @Abbosxon_Aktamov

Hurmatli To‘rtko‘l tumani aholisi!

18 yoshgacha bo‘lgan farzandlaringizni yuqoridagi malakali mutaxassislar ko‘rigiga olib kelishingizni so‘raymiz.

✅ Agar mutaxassislar tomonidan klinikaga yo‘llanma berilsa — BEPUL jarrohlik amaliyotlari amalga oshiriladi.

Farzandingiz salomatligi — biz uchun muhim!

Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

👉 BATAFSIL

🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com