Yangiliklar

“Biz korrupsiyaga qarshimiz” – halollik va adolat sari dadil qadam

23.02.2026

👁 3 marta ko‘rilgan

2026 yil 23 fevral kuni Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida muhim uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi olib borilayotgan izchil siyosat, Hurmatli Prezidentimizning bu illatga qarshi qat’iy va shafqatsiz pozitsiyasi keng yoritildi.

Uchrashuvni institutning Komplayens nazorat tizimi boshqaruv bo‘limi boshlig‘i Qodirboy Jamalov ochib berdi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi sudyasi Raxima Xudaybergenova, Nukus tumanlararo ma’muriy sudi raisi Ruslan Jumabayev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi huzuridagi Nuroniylar jamiyati raisi Muratbay Nuratdinov ishtirok etib, yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot qildi.

Suhbat davomida yoshlarning huquqiy ongini yuksaltirish, jinoyat yo‘liga kirib qolmaslik, halollik va vijdon tamoyillariga sodiq qolish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Mutaxassislar tomonidan jamiyatda to‘g‘ri yo‘l tutish, mas’uliyatli qaror qabul qilish va korrupsiyaga nisbatan shafqatsiz pozitsiyada bo‘lish zarurligi ta’kidlandi.

Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, adolatli jamiyat qurishda har bir fuqaroning faol pozitsiyasi muhim ekanligini anglab yetdi.

🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com