Yangiliklar

Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti sport zalida 20-fevral sanasida “Talabalar ligasi” doirasida…

21.02.2026

👁 3 marta ko‘rilgan

Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti sport zalida 20-fevral sanasida “Talabalar ligasi” doirasida talaba qizlarimiz o‘rtasida voleybol bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.

Musobaqaning ochilish marosimida QTI sport klubi raisi o‘rinbosari T.Utepbergenov, fakultet dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar ishtirok etib, yosh sportchilarga omad va zafarlar tiladi. Bu esa musobaqalarga yanada tantanavorlik va mas’uliyat bag‘ishladi.

Musobaqa yuksak sport ruhi va sog‘lom raqobat muhitida tashkil etildi. Talabalar o‘z mahoratini, tezkorligini va jamoaviy hamjihatligini namoyish etib, tomoshabinlarga qiziqarli va tezkor o‘yinlarni taqdim etdi.

“Talabalar ligasi” yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoatchilikni mustahkamlash va iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.

Musobaqa yakuniy natijalari:

1-o‘rin: Tibbiyot jamoasi

2-o‘rin: Stom ball jamoasi

3-o‘rin: 910-Lishfak jamoasi

Barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildiramiz va jamoalarga omad tilaymiz!

🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com