Inson qadri — eng oliy qadriyat!
27.12.2025 ПоделитьсяYangi yil arafasida Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti klinikasida davolanayotgan bolajonlar uchun yana bir quvonchli, samimiy va unutilmas lahzalar yaratildi. Institut rektori Olimbay Xalimov bolalarni shaxsan o‘zi borib, har bir bolajonga o‘z qo‘llari bilan bayram sovg‘alarini topshirdi.
Tashrif davomida bolalarning davolanish jarayoni, ular uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar va tibbiy xizmat sifati yaqindan o‘rganildi. Rektor bolajonlarning ota-onalari bilan ochiq va samimiy muloqot qilib, klinikadagi muhit, davolash usullari hamda shifokorlarning e’tibori haqidagi mamnun fikrlarini tingladi.
Bolalar ko‘zidagi quvonch, ota-onalar qalbidagi ishonch — bu inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan davlat siyosatining hayotdagi yorqin ifodasidir. Bu esa barchamizni yanada mas’uliyatli, mehribon va birdam bo‘lishga undaydi.
🎁 Yangi yil har bir oilaga salomatlik, umid va baxt olib kelsin!
▪️ ✅Telegram 🌐 Instagram 📹 Facebook✅YouTube








