“Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” aksiyasi doirasida uchrashuv o‘tkazildi
10.12.2025 Поделиться2025 yil 10 dekabr kuni Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida Fuqarolik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash markazi Qoraqalpog‘iston hududiy bo‘limi tomonidan “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” aksiyasi doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbir doirasida “Erkaklar va o‘g‘il bolalarni gender tenglikni ilgari surish va xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikning barcha shakllarining oldini olishga jalb qilish” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda psixologiya fanlari doktori, professor, “Oila” markazi rahbari Marat Utepbergenov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi AYJSga qarshi kurashish markazi shifokori, Po‘lat Xadjiev va Fuqarolik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash markazi Qoraqalpog‘iston hududiy bo‘limi eksperti Nuratdin Abipovlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan oila psixologiyasi, gender tengligi, reproduktiv salomatlik, shuningdek, jamiyatda zo‘ravonlikka qarshi munosabatni shakllantirish masalalari keng muhokama qilindi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javoblar oldi.
Mazkur tadbir talaba-yoshlar ongida sog‘lom oila tamoyillari, tenglik va inson huquqlariga hurmat tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qildi.
▪️ Telegram 🌐 Instagram ✅ Facebook 📹 YouTube




