Yangiliklar

“Bugungi va ertangi kundagi ekologik masalalar” mavzusida targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi

05.12.2025

👁 3 marta ko‘rilgan

4-dekabr kuni Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti rektorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Z. Erimbetova hamda fakultetning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi N.Jienbaeva QDU qoshidagi 1-sonli akademik litseyda targ‘ibot uchrashuvini o‘tkazdilar.

Uchrashuvda “Bugungi va ertangi kundagi ekologik masalalar” mavzusida atrof-muhit muhofazasi, ekologik xavfsizlikning dolzarbligi va yoshlarning bu jarayondagi mas’uliyati keng yoritildi. Ekologik madaniyatni yuksaltirish, tabiatga ongli munosabatni shakllantirish, Orolbo‘yi hududida kechayotgan ekologik jarayonlar haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, tibbiyot instituti tomonidan ekologik sog‘liq, Orolbo‘yi aholisi salomatligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar va ularni bartaraf etish bo‘yicha ma’lumotlar ham yetkazildi.

Uchrashuv yoshlar uchun nafaqat ma’rifiy, balki ekologik mas’uliyatni oshirishga qaratilgan muhim muloqot maydoniga aylandi.

▪️ Telegram 🌐 Instagram ✅ Facebook 📹 YouTube

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com