Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida sog‘lom kelajak uchun muhim tadbir o‘tkazildi
01.12.2025 ПоделитьсяQoraqalpog‘iston tibbiyot institutida mamlakatimizda aholi salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan ikki muhim yo‘nalish — Prezidentning “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohbandlik va narkojinoyatlardan himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni hamda 1-dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni munosabati bilan ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda QR OITSga qarshi kurashish markazi mutaxassislari va soha vakillari ishtirok etib:
🔹 giyohvandlikning yoshlar salomatligiga xavflari, uning oqibatlari va oldini olish choralari;
🔹 OIV/OITS infeksiyasining tarqalish sabablari, yuqish yo‘llari va eng samarali himoya usullari;
🔹 erta tashxis va o‘z vaqtida davolanishning ahamiyati borasida atroflicha ma’lumotlar berdilar.
Prezident farmoni millat genofondini asrash, yoshlarni zararli illatlardan muhofaza qilish va profilaktik ishlarni yangi bosqichga olib chiqishda muhim qadam sifatida qayd etildi.
1-dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni esa jamiyatda ongli munosabat, tolerantlik, tibbiy savodxonlik va stigmaga qarshi kurashish zarurligini yana bir bor eslatib o‘tdi.
📌 Institutimiz sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, talabalarda mas’uliyatli fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish va jamiyat salomatiligini mustahkamlashga qaratilgan ishlarni izchil davom ettiradi.
▪️ Telegram 🌐 Instagram ✅ Facebook 📹 YouTube




