O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganining 34 yilligi
17.11.2025 Поделиться18 noyabr — O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan kun. Ushbu sana munosabati bilan Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida tantanali uchrashuv va bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davlat madhiyalari bilan boshlandi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi bo‘lim prokurori E. Adilov, institutning O‘zbek tili, tillar va ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti T. Pirniyazova, Yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i A. Ajiyev, tyutorlar va talabalar ishtirok etdi.
So‘zga chiqqanlar ta’kidlaganidek, 1991-yil 18-noyabr kuni tasdiqlangan davlat bayrog‘i — mustaqilligimiz, milliy qadriyatlarimiz va xalqimizning ezgu intilishlarining yorqin timsolidir. Bugun O‘zbekiston bayrog‘i xalqaro maydonlarda, diplomatik vakolatxonalarda va nufuzli musobaqalarda hilpirab, Vatanimiz sha’ni va xalqimiz g‘ururini ifodalab kelmoqda.
Davlat ramzlari — o‘tmishimiz, bugunimiz va kelajagimizning muqaddas timsoli.
▪️ Telegram 🌐 Instagram ✅ Facebook 📹 YouTube


