E’LON 📌

27.09.2025

👁 1 marta ko‘rilgan

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida 2025/2026-o‘quv yili uchun SUPER to‘lov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi.

🔹 Kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra, qabul chegarasidan ozgina yetmagan, lekin bilim olish istagini bildirgan abituriyentlarga qo‘shimcha imkoniyat yaratildi.

✅ Qabul chegarasidan 1,05 ballgacha yetmaganlar uchun — bazaviy kontraktning 1,5 baravari

✅ 1,06 – 2,05 ballgacha yetmaganlar uchun — bazaviy kontraktning 2,0 baravari

✅ 2,06 – 3,05 ballgacha yetmaganlar uchun — bazaviy kontraktning 2,5 baravari

✅ 3,06 – 4,05 ballgacha yetmaganlar uchun — bazaviy kontraktning 3,0 baravari

📌 Ushbu tartib institutda bilim olish istagini bildirgan, ammo qabul chegarasiga ozgina yetmagan abituriyentlar uchun yaratilgan qo‘shimcha imkoniyatdir.

⚡ Shuningdek, imtihonda 56,7 balldan yuqori to‘plagan abituriyentlar ham Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan tartibda qo‘shimcha ravishda o‘qishga qabul qilinishi mumkin. Yuqoridagi jadvalga muvofiq.

Abituriyentlar tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt shartnomasini olish uchun arizalarni kontrakt.edu.uz sayti orqali yuborishlari mumkin.

❗️ Muhim eslatma: tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan abituriyentlar 2025-yil 31-oktyabrga qadar (shu kuni ham) bir yillik o‘qitish qiymatining kamida 50 foizini to‘lashlari mumkin.

❔Savollaringiz bo‘lsa, Registrator ofisiga murojaat qilishingiz mumkin:

📞 +998907288648

📞 +998883085454

▪️ ✅Telegram 🌐 Instagram ✅ Facebook📹 YouTube

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com