E’LON 📌

25.09.2025

👁 1 marta ko‘rilgan

Hurmatli Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari!

1-oktyabr — «O‘qituvchi va murabbiylar kuni» munosabati bilan institutimizda “Voleybol” sport musobaqasi o‘tkaziladi.

Musobaqaning asosiy maqsadi — aziz ustozlarimiz o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jamoaviylik ruhini mustahkamlash va bayram shukuhini yanada oshirishdir.

🔹 O‘tkazilish vaqti: 26-sentyabr, soat 14:30

🔹 Manzil: institut sport zali

Musobaqada erkak va ayol o‘qituvchilardan tuzilgan jamoalar ishtirok etishi mumkin.

🏆 G‘olib va sovrindor jamoalar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi!

Hurmatli o‘qituvchilar, ushbu sport musobaqasida faol ishtirok etib, bayramimizni yanada ko‘tarinki ruhda nishonlashga chorlaymiz!

📌 Ro‘yxatdan o‘tish uchun: @timurlan_u

▪️ ✅Telegram 🌐 Instagram ✅ Facebook📹 YouTube

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com