Yaponiyalik hamkorlar Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida
22.08.2025 Поделиться🇯🇵🇺🇿 Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutiga tashrif buyurgan Juntendo universiteti delegatsiyasi institutning o‘ziga xos infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdi.
👨⚕️ Institutda ta’lim jarayoni bosqichma-bosqich samarali yo‘lga qo‘yilgan:
• talabalar darslarda nazariy bilimlarni egallaydi,
• keyin esa ularni zamonaviy Simulyatsiya markazida mustahkamlaydi,
• so‘ngra shifokorlikning dastlabki amaliy qadamlarini qo‘yib, jarrohlik amaliyotlariga tayyorlanadi.
💡 Ta’limning ushbu tizimli yondashuvi tufayli institut bitiruvchilari nafaqat respublikamizda, balki xalqaro miqyosda ham raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishmoqda.
🔬 Ayniqsa, Yaponiyaning bevosita ko‘magida 7,3 mln AQSH dollari qiymatida qurilgan Simulyatsiya markazi yosh shifokorlarning amaliy ko‘nikmalarini oshirishda beqiyos ahamiyat kasb etmoqda. Mehmonlar markazdagi o‘quv xonalari, laboratoriyalar va klinik bazalar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
🤝 Juntendo universiteti professori, qariyalarni parvarishlash bo‘yicha mutaxassis Yokoyama Etsuko institutimizdagi ishlarga yuqori baho berib, kelajakda hamkorlikni yanada kengaytirishdan mamnunligini bildirdi.
🔑 Kelgusida hamkorlik quyidagi yo‘nalishlarda rivojlantiriladi:
• talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi dasturlari,
• qo‘shma ilmiy loyihalar va xalqaro grantlar,
• qo‘shma klinik markaz tashkil etish.
✨ Ushbu tashabbuslar ikki xalq do‘stligini yanada mustahkamlaydi, sog‘liqni saqlash tizimiga ilg‘or tajribalarni joriy etishga va inson salomatligini yaxshilashga xizmat qiladi.
✅Telegram 🌐 Instagram 📹 Facebook✅YouTube









