Ichki turizm – ma’naviyat va tarixga sayohat!
18.08.2025 ПоделитьсяIchki turizmni rivojlantirish, institut xodimlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda ularning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini kengaytirish maqsadida Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti rektorati va institut kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan navbatdagi sayohat tashkil etildi.
📍 Bu safar yo‘l Xiva shahriga bo‘ldi – qadimiy tarix, boy madaniyat va o‘ziga xos me’moriy obidalari bilan mashhur maskan. Safar davomida institut xodimlari Xivaning tarixiy obidalari, muzeylari va diqqatga sazovor joylari bilan tanishib, o‘z bilimlarini yanada boyitdi.
Ushbu tashrif nafaqat sayohat, balki madaniy-ma’naviy dars bo‘lib, xodimlar tariximizning betakror sahifalari, ajdodlarimiz yaratgan bebaho meros haqida yangi bilimlarga ega bo‘lishdi.
Rektorat va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan yo‘lga qo‘yilgan bunday tashabbuslar institut xodimlarining ish unumdorligini oshirish, ularning bir-biri bilan do‘stona muhitda muloqot qilishiga, shuningdek, milliy qadriyat va tarixiy merosimizni chuqurroq anglashiga xizmat qilmoqda.
Ichki turizmni rivojlantirish – bu nafaqat sayohat, balki xalqimizning tarixiy xotirasini asrab-avaylash va uni kelajak avlodlarga yetkazish yo‘lidagi ulkan qadamdir.
▪️ ✅Telegram 🌐 Instagram ✅ Facebook📹 YouTube



