Yangiliklar

DAVLAT ATTESTATSIYASI – YANGI BOSQICHGA QADAM!

21.06.2025

👁 3 marta ko‘rilgan

📅 2025-yil 21-iyun sanasida Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida muhim sana – Pediatriya yo‘nalishi bitiruvchi kurs talabalarining Yakuniy davlat attestatsiyasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur attestatsiya jarayoni institut hayotida o‘ziga xos burilish nuqtasi bo‘lib, talabalarning yillar davomida orttirgan bilim va ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi.

🔹 Tadbirni institut rektori, Olimboy Xalimov ochib berdi. U bitiruvchilarga samimiy tilaklarini bildirar ekan, tibbiy sohada sifatli mutaxassislar tayyorlash – bu xalq salomatligiga qo‘yilgan poydevor ekanini alohida ta’kidladi.

🔹 Attestatsiya jarayoniga Toshkent pediatriya tibbiyot institutining “Ambulatoriya tibbiyoti” kafedrasi mudiri, t.f.d., professor Elmira Shamansurova raislik qildi.

📌 Bitiruvchilar 17 ta stansiyadan iborat yakuniy sinovdan o‘tishdi. Har bir stansiyada ularga:

• Klinika holatlarini tahlil qilish,

• Tashxis qo‘yish,

• Davolash rejasini tuzish,

•Kasbiy malakani amaliy ko‘rsatish imkoniyati berildi.

🟢 Imtihonlarni muvaffaqiyatli yakunlagan talabalar:

✅ Oilaviy shifokor sifatida mustaqil ishlash huquqiga ega bo‘lishdi;

✅ Sog‘liqni saqlash tizimiga o‘z hissasini qo‘shishga tayyor bo‘lgan yetuk mutaxassislar safini to‘ldirdi.

🎉 Ayniqsa quvonarlisi – Pediatriya yo‘nalishining 57 nafar bitiruvchisi ushbu muhim bosqichni munosib tarzda yakunladi!

▪️ 🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com