Rahbariyatning rasmiy bayonotlari va chiqishlari,Yangiliklar

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida “Rektor va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi!

16.05.2025

👁 7 marta ko‘rilgan

“Sport oyligi” doirasida Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida talaba-yoshlar uchun muhim va ilhomlantiruvchi uchrashuv – “Rektor va yoshlar” tadbiri tashkil etildi.

Uchrashuv davomida mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, oliy ta’lim tizimidagi yangiliklar, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Talabalar institutdagi ta’lim va tarbiya jarayonlari, ilmiy izlanishlar olib borish imkoniyatlari, xalqaro hamkorlik aloqalari, talabalar almashinuvi dasturlari haqida ham to‘liq tushunchaga ega bo‘lishdi.

Uchrashuvning yana bir diqqatga sazovor jihati – bu talaba-yoshlarning kreativ fikrlashi va mobilografiyaga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilgan videoroliklar tanlovining natijalari bo‘ldi.

Tadbir yakunida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Z. Alewov tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan iqtidorli talabalarni pul mukofotlari hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirladi.

Bu kabi uchrashuvlar talabalarga nafaqat rag‘bat, balki katta motivatsiya bag‘ishlab, ularning hayotda faol, izlanuvchan va maqsadga intiluvchan bo‘lib shakllanishiga xizmat qiladi.

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com