E'lonlar,Yangiliklar

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning…

15.04.2025

👁 1 marta ko‘rilgan

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi va hamkor tashkilotlar tomonidan “Ilhom” mukofoti tanlovi e’lon qilindi.

📜 Kecha 14 aprelda Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida test savollari orqali dastlabki saralash bosqichi o‘tkazildi. Tanlov natijalariga ko‘ra, yuqori ballni olgan 1 o‘rin Mustafoyev Rustam (Davolash ishi), 2 o‘rin Turimbetova Miyassar (Pediatriya yo‘nalishi), 3 o‘rin Usnatdinova Gulnur (Davolash ishi) g’olib deb topilib, respublika bosqichi yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu tanlovning respublika bosqichi g’oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan maxsus diplom, statuetka va quyidagicha pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

➡️1-o‘rin — BHMning 100 barobari;

➡️2-o‘rin — BHMning 80 barobari;

➡️3-o‘rin — BHMning 40 barobari.

▪️ 🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com