Yangiliklar

QTIda Milliy sport o‘yinlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi

19.03.2025

👁 4 marta ko‘rilgan

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida millatning ulug‘ kuni Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan tashkil etilgan «Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!» nomli bayram doirasida milliy sport o‘yinlari musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

Talabalar «tosh ko‘tarish,» «lanka» va «arqon tortish» milliy sport turlari bo‘yicha o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdi.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar institut kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan bayram sovg‘alari bilan taqdirlandi. Tadbir doirasida yurtimizning sevimli xonandasi B.Xamidullayev tomonidan jonli ovozda kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, talaba yoshlarga bayram kayfiyati ulashildi.

Tadbir yakunida, yuqori saviyada tashkil etilgan bayram tadbiri orqali yosh avlodni Ona Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi olib borilayotgan ishlar uchun Institut jamoasiga QR Vazirlar Kengashi tomonidan Minnatdorchilik bildirildi va maxsus bayram sovg‘asi topshirildi.

▪️ 🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com