Yangiliklar

Zulfiya Isroilova 110 yoshda

28.02.2025

👁 3 marta ko‘rilgan

Bugun, 28-fevral kuni, Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida Zulfiya Isroilovaning tug‘ilgan kuni munosabati bilan «Zulfiya davlat mukofati sovrindorlari bilan» uchrashuv tashkil etildi.

Kechada institutning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Z. Erimbetova, Qoraqalpog‘iston Xalq baxshisi, «Do‘stlik» ordeni sohibasi va Zulfiya nomidagi davlat mukofoti laureati G. Aximbetova hamda yana bir laureat G. Qudaybergenova, tyutorlar va institutning talaba-qizlari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida Zulfiya Isroilovaning hayoti, ijodi va mehnat yo‘li haqida so‘z yuritildi. Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibasi bo‘lishni istagan talabalarga o‘z tajribalari haqida so‘zlab berdi. Tadbir jonli musiqiy dastur bilan yakunlandi.

Bu tadbir nafaqat shoiraning hayotiga bag‘ishlangan, balki yoshlar uchun ilhom manbai bo‘ldi, ular uchun o‘z maqsadlariga erishish, ijodiy faoliyatni rivojlantirishda qadriyatlarni qadrlash muhimligini ta’kidladi.

▪️ 🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com