Yangiliklar

Talabalar harbiylarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

09.01.2025

👁 7 marta ko‘rilgan

Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti talabalarni vatanparvar, ma’naviy yetuk, mard inson etib tarbiyalash maqsadida keng ko‘lamli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Xususan, bugun, 9-yanvar kuni institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Z.Aleuov va rektor maslahatchisi A.Allaniyazov rahbarligida institut yoshlar yetakchisi, tyutorlar va talaba yoshlar Nukus garnizonida joylashgan Shimoliy-g‘arbiy harbiy okrugiga bordi.

Yaqinlashib kelayotgan «14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni» bayrami arafasida o‘tkazilgan tadbir «Yangi O‘zbekiston armiyasi – davlat tayanchi, xalqimiz g‘ururi» degan ezgu g‘oya asosida tashkil etildi.

Talabalar muddatli harbiy xizmatchilar tahsil olayotgan o‘quv binolari, nazariy va amaliy mashg‘ulot xonalari, harbiy gospital va okrugning tarix muzeyi ekspozitsiyalari bilan tanishdi.

🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com