Diqqat e’lon!!️
06.01.2025 Поделиться▪️ Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti talabalarning qishki ta’til vaqtini mazmunli o‘tkazish va mutaxassislik fanlaridan o‘tilgan bilimlarini mustahkamlash, ziyrak, qobiliyatli yoshlarni aniqlash maqsadida onlayn olimpiada o‘tkazishni tashkil etmoqda.
️Olimpiadaga institutning 1-3-kurs talabalari qatnasha oladi. Talabalar o‘zlarining shaxsiy mobil telefonlari orqali google dogs dasturi yordamida ishtirok etadi.
🔹Ishtirokchilarga Anatomiya fanidan uch tilda (qoraqalpoq, o‘zbek, rus) 20 blis savol test shaklida beriladi. Olimpiada vaqtida har bir savolga belgilangan vaqt ajratiladi.
Ishtirokchilar o‘zlarining o‘qiyotgan kurslari bo‘yicha savollarga javob berishlari kerak. Ya’ni 1-kurslar uchun maxsus va 2-3-kurslar uchun maxsus savollar tuzilgan.
🥇, 🥈, 🥉o‘rinlar uchun sovrinlar bor.
Olimpiadada ishtirok etishingiz uchun Siz, Institutning rasmiy kanalini kuzatib boring! Sababi olimpiadaga qatnashadigan havola shu kanalga joylashtiriladi! E’lonni do‘stlaringizga ham yuborib qo‘ying.
📅Olimpiada o‘tkaziladigan vaqt:
2024 yil 7 yanvar. Soat 14-00
Barchangizni onlayn fan olimpiadasida faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!
🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube
