Yangiliklar

Kelajakka qadam — bugundan boshlanadi!

24.03.2025

👁 3 marta ko‘rilgan

Bugun, 24-mart kuni, Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-sonli qarorining mazmun-mohiyatini yoshlarga tushuntirishge qaratilgan tadbir o‘tkazildi. Tadbirda «O‘zmilliybank» AJ «Kelajakka qadam» markazi direktori G‘.Esnazarov va instituttning bitiruvchilari ishtirok etdi.

Institutning O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori M.Kurbanazarov mazkur qaror yoshlarni ishga joylashtirish va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilganini ta’kidladi.

Tadbirda «O‘zmilliybank» AJ va institut o‘rtasida hamkorlik qilishga kelishildi. Ushbu kelishuv doirasida talabalarga malaka oshirish va ishga joylashish imkoniyatlari yaratiladi. Tadbir, davlat va ta’lim tizimi o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirib, yoshlar bandligini yaxshilashga xizmat qiladi.

Ushbu tashabbus, bitiruvchilarga bilim va amaliy ish tajribasini taqdim etib, ularning professional hayotga muvaffaqiyatli kirib kelishiga yordam beradi.

▪️ 🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com