QTIda Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan konsert dasturi bo‘lib o‘tdi

19.03.2025

👁 9 marta ko‘rilgan

Bugun, 19-mart kuni Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan «Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!» nomli bayram sayli va konsert dasturi tashkil etildi.

Bayramning dasturida har bir ishtirokchi, o‘zining mehnatining mevasi sifatida ommaga milliy qadriyatlarni namoyon etdi. Institut talabalari tomonidan uyushtirilgan xunarmandchilik namunalari va milliy taomlar ko‘rgazmasi bayramga xos atmosferani yaratdi.

Tadbirda institut rektori v.v.b Olimboy Xalimov so‘zga chiqib, bayram ishtirokchilari va mehmonlarni sharq xalqlarining yangi yil boshi – Navro‘z bayrami bilan tabrikladi.

Tayyorlangan konsert dasturida institutning bir guruh iqtidorli talabalari tomonidan milliy urf-odatlar, an’analar aks etgan sahna ko‘rinishlari, qo‘shiqlar, raqslar ijro etilib, millatlararo totuvlikni tarannum etuvchi qo‘shiqlar ijro etildi va yig‘ilganlarga bayramona kayfiyat ulashdi.

▪️ 🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com