Yangiliklar

«Andijon-2025» I Xalqaro olimpiadasi yakunlandi

10.04.2025

👁 3 marta ko‘rilgan

Andijon viloyatida 9-aprel kuni tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida «Andijon-2025» I Xalqaro olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.

Olimpiadada xorijdan va Respublikamizdagi Oliy tibbiyot o‘quv yurtlarining terma jamoalari ishtirok etdi.

Olimpiadaning asosiy maqsadi talabalarni ta’lim va fan integratsiyasiga jalb qilish orqali jamiyatimizda tibbiyot fanining rivojlanishini ta’minlashni maqsad qilish bilan birga talabalarning bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazish.

Xalqaro olimpiadada Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti talabalari Isakova Itiborxon va Fayzullayeva Eleonoralar 3-o‘rinlarni egalladi.

Nurullayeva Nargiza Grandmaster of patogenesis (Patogenezning buyuk ustasi), Xudaynazarov Jo‘rabek Surgeons Golden Hands (Xirurglarning oltin qo‘llari) va Xakimov Zuxrobiddin Golden Hands (Oltin qo‘llar) nominatsiyalari bo‘yicha maxsus diplom bilan taqdirlandi.

G‘oliblarimizni Institut jamoasi nomidan samimiy tabriklaymiz!

▪️ 🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com