Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik bo‘yicha maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
06.11.2025 ПоделитьсяQoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan institutda talaba va xodimlarning favqulodda holatlarda to‘g‘ri harakatlanish ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
🔹 Tadbirda tyutorlar va talabalar ishtirok etib, yong‘in, texnogen avariya va boshqa favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda xavfsiz evakuatsiya, to‘g‘ri qaror qabul qilish va tezkor harakatlanishning amaliy jihatlarini o‘rgandilar.
🔹 Mashg‘ulot davomida turli vaziyatlar modellashtirildi, ishtirokchilarga interfaol usullar orqali favqulodda vaziyatlarda o‘zini tutish tartibi ko‘rsatib berildi.
🔹 Shuningdek, kuz–qish mavsumida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalar va avariyalar oldini olish bo‘yicha profilaktik ko‘rsatmalar berildi.
🚒 Favqulodda vaziyatlar xizmati mutaxassislari maxsus texnikalar, qutqaruv vositalari hamda inson hayotini saqlab qolishga qaratilgan uskunalar bilan amaliy tanishtirish o‘tkazdi.
Ushbu mashg‘ulot — institut talabalari va xodimlarining xavfsizlik madaniyatini oshirish, favqulodda holatlarda to‘g‘ri va ishonchli harakat qilish ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.
▪️ ✅Telegram 🌐 Instagram ✅ Facebook 📹 YouTube





