Yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va psixotrop moddalar – ogohlik va mas’uliyat talabi
12.02.2026 ПоделитьсяBugungi kunda yoshlar orasida giyohvandlik va psixotrop moddalarning tarqalishi global muammoga aylanib bormoqda. Bu illatlar nafaqat inson salomatligiga jiddiy zarar yetkazadi, balki yoshlarning hayoti va kelajagini ham xavf ostida qoldiradi.
Shu munosabat bilan 12-fevral kuni Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida giyohvandlik va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish oyligi doirasida soha vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda QR IIV tezkor-qidiruv xizmati jinoyat qidiruv boshqarmasi vakili A.Aljanov, QR Bojxona boshqarmasi vakili A.Berdibekov hamda mas’ul mutaxassislar ishtirok etib, yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Mutaxassislar tomonidan jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish masalalari atroflicha tushuntirildi. Shuningdek, Jinoyat kodeksiga muvofiq giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni noqonuniy iste’mol qilish va tarqatish uchun jinoiy javobgarlik belgilanganligi ta’kidlandi. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu illat og‘ir jinoyatlar, oilalar parokandaligi va millat genofondiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
📌 So‘nggi yillarda, ayniqsa 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida bunday holatlar ortib borayotgani profilaktika ishlarini kuchaytirishni talab etmoqda.
🩺 Tibbiyot talabalari uchun bu mavzu ayniqsa dolzarb.
Chunki ular kelajakda nafaqat bemorlarni davolovchi shifokor, balki sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi, jamiyatni ogohlikka chorlovchi mutaxassislar bo‘lib yetishadi. Shu bois talabalar bunday jarayonlarda faol bo‘lishi, profilaktik targ‘ibot ishlarida ishtirok etishi va sog‘lom avlodni shakllantirishda o‘z hissasini qo‘shishi zarurligi alohida qayd etildi.
Tadbir yakunida mavzuga oid videorolik namoyish etilib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar.
🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube







