Yangiliklar

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida “Ogoh bo‘ling, firibgar!” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

27.02.2026

👁 2 marta ko‘rilgan

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida “Ogoh bo‘ling, firibgar!” mavzusida aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida firibgarlik jinoyatlarining oldini olish, ularning turlari, sodir etilish usullari haqida tushuntirish berish hamda fuqarolarning huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirni institut profilaktika inspektori, podpolkovnik Tursinay Karimbaeva ochib berib, bugungi kunda firibgarlik jinoyatlarining, ayniqsa, axborot texnologiyalari orqali sodir etilayotgan turlarining ortib borayotgani va bu borada ogohlikni kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etayotganini alohida ta’kidladi.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Adolat” SDP fraksiyasi a’zosi Nodira Rashidova, partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisi o‘rinbosari Sharipa Toreshova, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi mutaxassisi, kapitan Shuxrat Uzaqbergenov hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi sho‘ba mudiri Nuriya Berdiniyazova ishtirok etishdi.

So‘zga chiqqanlar tomonidan firibgarlar tomonidan qo‘llanilayotgan turli usullar, xususan telefon va internet orqali amalga oshirilayotgan jinoyatlar, ularning oldini olish choralariga batafsil to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, fuqarolarga shaxsiy ma’lumotlarni begonalarga bermaslik, shubhali qo‘ng‘iroq va xabarlarga ishonmaslik hamda qonuniy choralar ko‘rish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob oldilar.

📱Telegram  📱Instagram

📱facebook

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com