E’LON

28.09.2026

👁 0 marta ko‘rilgan

🎓 “ENG YAXSHI KREATIV G‘OYA” RESPUBLIKA TANLOVINING ICHKI BOSQICHI

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida talabalarning ilmiy-ijodiy salohiyati, innovatsion fikrlashi va yangi g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Eng yaxshi kreativ g‘oya” respublika tanlovining ichki bosqichi o‘tkaziladi.

Tanlovda institutning bakalavriat va magistratura bosqichlarida tahsil olayotgan barcha bosqich talabalari ishtirok etishlari mumkin.

📅 Arizalar 2026-yil 28-sentyabrdan 28-oktyabrgacha qabul qilinadi.

Tanlovda g‘oyalar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:

G‘oyaning ilmiy va innovatsion yangiligi;

G‘oyaning dolzarbligi;

Mavjud analoglardan farqi;

Moliyalashtirish smetasining asoslanganligi;

Kutilayotgan natijalar.

O‘zining kreativ va innovatsion g‘oyalarini amaliy loyiha sifatida taqdim etish istagidagi talabalarni tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz!

📞 Murojaat uchun:

Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i S. Seytnazarov

Tel.: +998 99 663-25-47

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com