Kelajakka qadam!
Ushbu markaz talabalar va bitiruvchilarga yordam beradigan yangi loyihadir. Loyihaning asosiy maqsadi — yoshlarni ishga joylashishga, o‘z biznesini boshlashga va loyihalar uchun moliyaviy yordam olishga tayyorlash.
Markazning asosiy vazifalari :
- Ishga joylashishga yordam berish – rezyume tuzish, ish topish bo‘yicha maslahatlar.
- Biznes-reja tuzishni, tadbirkorlik bo‘yicha treninglar.
- Yoshlar loyihalarini qo‘llab-quvatlash – eng yaxshi g‘oyalarni tanlab, kredit yoki grant olishga yordam berish.
Ish beruvchilar bilan tanishtirish – klinika, shifoxona va laboratoriya bilan hamkorlikda.
Kimlar uchun?
Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti talabalari.
- Bitiruvchilar.
Dastur doirasida oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari uchun taqdim etilayotgan kredit mahsulotlari:
1. Kelajakka birinchi qadam
Kredit summasi: 10 mln so‘mgacha
- Kredit maqsadi: Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchi bosqich talabalarining biznes g‘oyalarini moliyalashtirish
- Kredit oluvchi: Ijtimoiy soliq to‘lagan, o‘zini-o‘zi band qilgan bitiruvchi talabalar
- Foiz stavkasi: Yillik 21%
- Kredit muddati18 oy : gacha
- Imtiyozli davr3 oy : gacha
- Garov ta’minoti : Sug‘urta kompaniyasi polisi (kredit qaytmaslik xavfidan)
- Stop-faktorlar
- Salbiy kredit tarixi
- Muddati o‘tgan qarzdorlik
2. Kelajak uchun start
Kredit summasi: 300 mln so‘mgacha
- Kredit maqsadi Tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish
- Kredit oluvchi Yakka tartibdagi tadbirkor / yuridik shaxs — ta’sischisi bitiruvchi talaba
- Foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasi + 4%
- Kredit muddati Asosiy vosita: 84 oy; Aylanma: 36 oy
- Imtiyozli davr Asosiy vosita: 24 oy; Aylanma: 6 oy
- Garov ta’minoti <=50 mln: sug‘urta polisi; >50 mln: likvid garov
- Stop-faktorlar Salbiy kredit tarixi, muddati o‘tgan qarzdorlik
3. Yorqin kelajak sari
Kredit summasi: 1 mlrd so‘mgacha
- Kredit maqsadi Tadbirkorlik loyihalarini yanada kengaytirish
- Kredit oluvchi YATT / yuridik shaxs (ta’sischisi bitiruvchi talaba)
- Foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasi + 4%
- Kredit muddati Asosiy vosita: 84 oy; Aylanma: 36 oy
- Imtiyozli davr Asosiy vosita: 24 oy; Aylanma: 6 oy
- Garov ta’minoti Kredit summasining 125% ni qoplaydigan likvid garov
- Alohida shartlar Kamida 4 ta ish o‘rni yaratish majburiyati
- Stop-faktorlar Salbiy kredit tarixi, muddati o‘tgan qarzdorlik
Kredit olish tartibi:
- Ariza topshirish
Kerakli hujjatlar bilan “Kelajakka qadam” markaziga murojat qilishingiz mumkin.
- Hujjatlarni ko‘rib chiqish
Mutaxassislar tomonidan hujjatlar tekshiriladi va baholanadi.
- Tasdiqlash
Loyiha yoki o‘quv dasturi moliyalashtirishga loyiq deb topiladi.
- Kredit ajiratilishi
Bank orqali mablag‘ o‘tkaziladi va sizga xabar beriladi.
- Monitorning
Loyihalarning bajarilishi va mablag‘dan foydalanish nazorati olib boriladi.