ZULFIYA NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTIGA NOMZODLAR QABULI E’LON QILINADI
07.10.2026 ПоделитьсяQoraqalpog‘iston tibbiyot instituti iqtidorli va faol talaba-qizlarni Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod sifatida tavsiya etish uchun tanlovda ishtirok etishga taklif qiladi.
Tanlovda 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan, so‘nggi 3 yil — 2024–2026-yillar davomida ta’lim, fan, adabiyot, madaniyat, san’at, sport, tibbiyot, axborot texnologiyalari va jamoatchilik yo‘nalishlarida faoliyat yuritib, respublika hamda xalqaro miqyosda salmoqli yutuqlarga erishgan iqtidorli xotin-qizlar nomzodlari ko‘rib chiqiladi.
📅 Nomzodlar haqidagi ma’lumotlarni taqdim etish muddati: 2026-yil 10-oktyabr.
📞 Murojaat uchun: 88 505 74 47
Tanlovda ishtirok etish istagidagi talaba-qizlardan o‘z yutuqlarini tasdiqlovchi ma’lumotlar va hujjatlarni belgilangan tartibda taqdim etish so‘raladi.
