DIQQAT! XALQARO STIPENDIYA IMKONIYATI!
04.07.2026 ПоделитьсяQoraqalpog‘iston tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari, doktorantlari va magistrantlari diqqatiga!
Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) tomonidan Koreya Respublikasining yetakchi universitetlari bilan hamkorlikda magistratura va PhD yo‘nalishlari bo‘yicha uzoq muddatli stipendiya dasturiga hujjatlar qabuli e’lon qilindi.
📌 Dasturda: 🔹 professor-o‘qituvchilar; 🔹 ilmiy xodimlar; 🔹 doktorantlar; 🔹 magistrantlar ishtirok etishlari mumkin.
Nomzodlar KOICA tomonidan belgilangan talablarga javob berishi hamda tanlov asosida saralab olinadi.
🗓 Nomzodlarni tavsiya etish muddati: 2026-yil 5-iyul, soat 17:00 gacha.
📄 Hujjatlar belgilangan tartibda to‘ldirilib, institut orqali rasmiy tavsiya xati bilan taqdim etilishi lozim.
🔗 Batafsil ma’lumot, ishtirok etish shartlari va zarur hujjatlar bilan quyidagi rasmiy havola orqali tanishishingiz mumkin:
🌐 http://www.koica.go.kr/ciat/index.do
